Daryo

“Barselona” Kristensenning kelajagi borasida qaror qabul qilishga shoshilmayapti

“Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati va murabbiylar shtabi 29 yoshli futbolchining harakatlaridan mamnun.

1 daqiqa o‘qish1 528 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” rahbariyati markaziy himoyachi Andreas Kristensenga oid qarorni qabul qilishda shoshilmayapti. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati va murabbiylar shtabi 29 yoshli futbolchining harakatlaridan mamnun. Biroq Andreas bilan yangi shartnoma umzolashdan oldin klub 2026/27-yilgi mavsum uchun himoya chizig‘i tarkibini belgilab olishni, shuningdek, transfer bozoridagi imkoniyatlar va futbolchining holatini to‘liq o‘rganib chiqmoqchi.

Kristensenning “Barselona” safida qolish istagi bor. U 2022-yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelmoqda va rahbariyatning qaror qabul qilishiga qadar kutishga tayyor ekanligini bildirgan.

Daniya terma jamoasi a’zosi “Barselona” tarkibida hozirgacha 88 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar