Daryo

Uzoq muddat to‘q tutib, ozishga yordam beruvchi foydali mahsulotlar

Modellarning ovqatlanishdagi asosiy qoidasi — kuchli ochlikka yo‘l qo‘ymaslik. Ratsion esa muvozanatli bo‘lishi kerak, shunda fast-fud va boshqa zararli ovqatlarga ishtaha bo‘lmaydi.

1 daqiqa o‘qish2 018 ko‘rishlar0 izoh1

Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Sergey Leonov yog‘siz sutning organizmga salbiy ta’siri haqida ogohlantirdi. Uning fikricha, bunday mahsulot insulinni keskin oshirib, qisqa vaqt ichida ochlik hissini kuchaytiradi. Mutaxassis bunday ta’sirga ega bo‘lmagan, aksincha ochlikni nazorat qilishga yordam beradigan mahsulotlarni tanlashni tavsiya qildi.

Ochlik hissini bosadigan foydali mahsulotlar

Tuxum

Tuxum ochlik hissini yo‘qotadi va bu tana vazniga zarar qilmaydi. Shu sababli tuxumni nafaqat nonushtada, balki kechasi ochlik kuchayganida ham yeyish tavsiya etiladi.

Baliq

Xususan, omega-3 yog‘ kislotalariga boy baliqlar (masalan, losos) ochlikka qarshi yaxshi vosita hisoblanadi. Eng to‘yimli va foydali kombinatsiya — yog‘li baliqni sabzavot yoki kartoshka bilan iste’mol qilish. Baliqni bug‘da pishirish eng maqbul usul hisoblanadi.

Zaytun  

Foto: AdMe

Zaytun tarkibidagi linolev kislotasi ishtahani kamaytiradi va qondagi shakar darajasini pasaytiradi. Ammo bu foydali xususiyatlar faqat tabiiy mahsulotda saqlanadi — tarkibida sun’iy ta’m kuchaytirgichlar bo‘lmasligi kerak.

Tofu

Proteinlarga boy mahsulotlar ochlikni kamaytiradi. Tofuda oqsil yetarlicha ko‘p, kaloriyasi esa past. Bu esa vaznni nazorat qilishga yordam beradi.

Yong‘oqlar va urug‘lar

Ular kaloriyaga boy bo‘lsa-da, uzoq vaqt to‘qlik hissini ta’minlaydi. Yong‘oqlar oqsil va tolalarga (kletchatka) boy — bu esa ishtahani kamaytirishga yordam beradi.

Kletchatka (o‘simlik tolasi)

Kletchatka ikki xil bo‘ladi: qattiq (masalan, selderey, qizil karam) va eriydigan (masalan, chia urug‘i). Ular oshqozonni to‘ldiradi, to‘qlik hissini beradi, ichak faoliyatini yaxshilaydi va vaznni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu mahsulotlar har kimning ovqatlanish ratsionida bo‘lishi kerak.

Avokado

Foto: Unsplash.com

Avokado tarkibida to‘yinmagan foydali yog‘lar bor. Ular ishtahani bosadi va miyada “to‘qman” degan signalni faollashtiradi, bu esa ovqatlanishni nazorat qilishga yordam beradi.

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar