Daryo

Abbosbek Fayzullayev Urugvayga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

Futbolchi Toshkentda o‘tgan Kuvaytga qarshi bahsda jarohat olgan edi

1 daqiqa o‘qish1 901 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Kuvaytga qarshi o‘yinning 20-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgandi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng, shifokorlar tavsiyasi asosida Fayzullayevning Urugvayga qarshi bahsda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekistonning Urugvayga qarshi bellashuvi 13-oktyabr kuni Malayziyaning Raya Rumput shahridagi “Hang Jebat” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 9-oktyabr, payshanba kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida Kuvayt terma jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. uchrashuvdagi gollarga Eldor Shomurodov hamda Hojimat Erkinov mualliflik qildi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar