Daryo

Oʻzbekistonda 40 ming xaridor BYD’ni tanladi

Markaziy Osiyoda yangi energiya bilan ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi BYD Central Asia kompaniyasi vakolatxonasining mintaqaviy boshqaruvchi direktori janob Ivan Sao BYD SONG Plus DM-i Uzpride gibrid krossoverining kalitlarini topshirdi.

3 daqiqa o‘qish5 324 ko‘rishlar0 izoh3

2025-yil 6-oktyabr kuni BYD brendining birinchi rasmiy dileri BYD Astana Motors’ning Sergeli dilerlik markazida O‘zbekistondagi qirq minginchi xaridorga avtomobil topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyoda yangi energiya bilan ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi BYD Central Asia kompaniyasi vakolatxonasining mintaqaviy boshqaruvchi direktori janob Ivan Sao BYD SONG Plus DM-i Uzpride gibrid krossoverining kalitlarini topshirdi.

O‘zbekiston avtomobil bozoridagi atigi ikki yarim yillik faoliyati mobaynida BYD Central Asia - brendning Markaziy Osiyodagi rasmiy vakili va BYD’ning O‘zbekistondagi distribyutori sezilarli yutuqlarga erishdi.

O‘zbekiston bo‘ylab 23 ta dilerlik markazining ochilishi hamda ikki yarim yil ichida 40 000 ta avtomobilning sotilishi - mijozlarning brendga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatuvchi yaqqol isbotidir. Keling, bularning barchasi qanday boshlangani haqida eslab o‘tamiz.

2023-yil 16-mart kuni Toshkentda BYD brendining O‘zbekistondagi tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda uchta model: ikkita BYD SONG PLUS DM-i gibrid avtomobili, BYD Chazor dinamik sedani va BYD HAN premium elektromobili taqdim etildi. Brend nafaqat innovatsion avtomobillarni, balki avtomobil uchun 6 yillik va noyob Blade batareyasi uchun 8 yillik rasmiy kafolatni ham taklif etadi. 2-aprel kuni, ya’ni atigi ikki hafta o‘tgach, BYD Sergeli dilerlik markazida Chazor gibrid sedanlarining birinchi sotuvlari amalga oshirildi. Brendning startiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganidan darak beruvchi qadam. 50 ta avtomobil BYDning mamlakat yo‘llaridagi ilk ambassadorlari bo‘ldi. Ikki oy o‘tar-o‘tmas, ya’ni iyun oyidayoq, xuddi shu BYD Sergeli Astana Motors dilerlik markazida 1000 avtomobil topshirildi. 2023-yil sentyabrida esa BYD Sergeli dilerlik markazi 5000 BYD avtomobilini topshirish munosabati bilan yana mehmonlarni kutib oldi. Yubiley avtomobilining kalitlarini BYD kompaniyasi asoschisi va prezidenti janob Wang Chuanfu shaxsan o‘zi topshirdi.

2023-yil oktyabrida rasman taqdim etilgan barcha modellarga bulutli xizmat va 4G funksiyalari qo‘shildiO‘tgan davr mobaynida modellar qatori 8 ta zamonaviy, tejamkor va ekologik toza modelgacha kengaydi. Bu esa xaridorlarga har xil va nozik didga mos keladigan keng tanlov imkoniyatini taqdim etmoqda. Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Jizzaxda BYD gibrid avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirildi. BYD Uzbekistan Factory korxonasida BYD gibrid modellari ishlab chiqarilmoqda. Mustaqillik kuni munosabati bilan bu yerda mahalliy modernizatsiya qilingan va o‘zbek tilidagi ovozli yordamchiga ega bo‘lgan gibrid krossoveri taqdim etildi. Yaqin kunlarda yana bir yangilik taqdimoti kutilmoqda. Bu yangi model O‘zbekiston bo‘ylab sotuvlar bo‘yicha shubhasiz eng xaridorgir avtomobilga aylanadi. BYD Astana Motors diler tarmog‘i tabrikka qo‘shilib, krossoverni antigravitatsion plyonka bilan qoplash uchun sertifikatni sovg‘a qildi.

BYD Astana Motors dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha direktori Dilshod Umarov ta’kidlaganidek: "Biz BYD xizmatining jahon standartlarini, mijozlarga sodiqlik va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Aynan shu sababli 2023-yil oktyabr oyida biz BYD Astana Motors Akademiyasi loyihasini ishga tushirdik. Ushbu akademiya doirasida gibrid va elektromobillarning afzalliklari, ularning tejamkorligi, ekologik tozaligi hamda xavfsizligi haqida batafsil ma’lumot beramiz."

Shunday qilib, 11-oktyabr kuni BYD Rohat dilerlik markazimizda yangi ma’ruza o‘tkaziladi. Bu ma’ruza "mix bilan teshish sinovi" (nail penetration test) bilan mustahkamlanadi. Ushbu sinov litiy-ion batareyalarining xavfsizligini tekshirishning standartlashtirilgan usuli hisoblanadi. Chunki u ichki qisqa tutashuvni taqlid qiladi va batareyaning bunday shikastlanishlarga qanchalik bardoshli ekanligini ko‘rsatadi..

Bizga nafaqat avtomobil sotish, balki ekologiyani asrash va sayyoramizni muhofaza qilish falsafasi hamda brend vazifasi yaqin. 2025-yil aprel oyida kompaniya xodimlari BYDning global maqsadi - Yerni 1 darajaga sovutish tashabbusi doirasida poytaxtning markaziy bog‘laridan biriga 100 dan ortiq daraxt va 250 ta buta ekdilar. Shuningdek, mijozlarimiz uchun sport tadbirlarini ham tashkil etmoqdamiz.

Biz barcha BYD xaridorlarining bitta katta oilaga aylanishi uchun harakat qilmoqdamiz.

BYD Astana Motors’ning barcha dilerlik markazlari dam olish kunlarisiz faoliyat yuritadi, sinov parki bilan jihozlangan va BYD’ning rasman taqdim etilgan avtomobillarini sotib olishni xohlovchi barcha mijozlarni kutmoqda.

Avtomobillarning qulayligini oshirish uchun kreditga olish imkoni mavjud.

Modellar va texnik xususiyatlar bilan ushbu saytda tanishishingiz mumkin.

1322 raqami orqali maslahat olish, sinov haydoviga yozilish, BYD akademiyasidagi ma’ruzaga qatnashish yoki kredit-sug‘urta xizmatlari haqida ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

Sayt: http://byd-astanamotors.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/byd_astanamotors.uz

Facebook: https://www.facebook.com

Batafsil ma’lumot uchun 1322 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Reklama

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar