Daryo

Yurgen Klopp Saudiya Arabistoni klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Germaniyalik mutaxassis 2025-yil boshidan buyon Red Bull kompaniyasining futbol tizimida faoliyat yuritmoqda, biroq murabbiylikka qaytib, faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 446 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Liverpul” klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga bosh murabbiy sifatida taklif etilishi mumkin. Bu haqda Arriyadiyah nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Jidda klubi bir nechta murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Xavi Ernandes, Unai Emeri, Luchano Spalletti va Serxio Konseysau kabi mutaxassislar ham bor. Biroq klub rahbariyati aynan nemis murabbiyi Yurgen Kloppni taklif qilishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Klopp 2025-yil boshidan beri Red Bull kompaniyasining futbol tizimida faoliyat yuritib keladi. Germaniyalik mutaxassis 2024-yil yozida “Liverpul”ni tark etgan edi. U “Enfild”da salkam 9 yil ishlagan va jamoa bilan birgalikda UEFA Chempionlar Ligasi, Angliya Premer-ligasi hamda boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Ittihod”ning sobiq bosh murabbiyi Loran Blan Saudiya Pro-ligasi 4-turida “An-Nassr”ga 0:2 hisobida mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimidan ozod etilgan edi. Hozirda klub 9 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar