Daryo

Zelenskiy Vengriya dronlari Ukraina hududida josuslik qilayotganini aytdi

Vengriya Tashqi ishlar vaziri bunga javoban Ukraina prezidentini “anti-vengerlik vasvasasiga chalinganlik”da aylabdi.

1 daqiqa o‘qish661 ko‘rishlar0 izoh1

Vengriya Ukrainaga josuslik maqsadida razvedka dronlarini yuborgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning ma’lumotlariga tayanib, ma’lum qildi.

“Bosh qo‘mondon Ukraina-Vengriya chegarasida yaqinda sodir bo‘lgan dronlar bilan bog‘liq hodisalar haqida ham xabar berdi. Ukraina harbiylari havo hududimizda razvedkachi dronlarning faoliyatini qayd etishdi va bular, ehtimol, Vengriya dronlaridir”, dedi Zelenskiy.
​

Harbiylarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu dronlar Ukrainaning chegara hududlaridagi “sanoat salohiyati” to‘g‘risida ma’lumot to‘plagan bo‘lishi mumkin. Zelenskiy mavjud ma’lumotlarni tekshirishni va havo hududi buzilgan har bir holat bo‘yicha imkon qadar tezroq hisobot berishni buyurdi.

Bu bayonotga javoban Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Ukraina prezidentini “anti-venger” aybladi.

“U o‘zining anti-vengerlik vasvasasidan aqldan ozmoqda. Endi u yo‘q narsani ko‘ra boshlayapti”, deb yozdi Vengriya TIV rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida.

​

Bundan bir oz oldin Siyyarto Ukraina so‘nggi o‘n yil davomida olib borgan "anti-Vengriya siyosati" yuzasidan e’tiroz bildirgan edi. Misol tariqasida u Ukrainaning Zakarpat viloyatida etnik vengerlarning “huquqlari cheklanganini”, shuningdek, “Vengriyaning energetika xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega" bo‘lgan Rossiyaning “Do‘stlik” neft quvuriga berilgan zarbalarni keltirgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar