Daryo

Xomanaiy: Eron yadro quroliga muhtoj ham, uni ishlab chiqarmoqchi ham emas

Eron hozirda yadro quroli ishlab chiqarish imkoniga ega 10 davlatdan biri sanaladi. Qolgan to‘qqiz davlatning arsenalida yadroviy bombalar mavjud.

1 daqiqa o‘qish1 658 ko‘rishlar0 izoh1

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy islom respublikasi yadro quroliga muhtoj emasligi va uni ishlab chiqarishni rejalashtirmayotganini aytdi. Bu haqda uning xalqqa qilgan murojaatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Bugungi kunda bizda uranni boyitish darajasi yuqori. Albatta, yadro qurolini yaratmoqchi bo‘lgan davlatlar uni 90 foizga yetkazadi. Bizga qurol kerak emasligi va yadro qurolidan voz kechishga qaror qilganimiz sababli, biz uni bunchalik darajada ko‘paytirmadik. Biz uni 60 foizga yetkazdik, bu juda yuqori ko‘rsatkich, mamlakatimiz oldida turgan ba’zi vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan juda yaxshi ko‘rsatkich”, dedi Xomanaiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hozirda yadro quroli ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 10 davlatdan biri hisoblanadi. Qolgan to‘qqizta davlat o‘z arsenalida yadroviy bombalarga ega.

“Eronda ular yo‘q va bo‘lmaydi ham”, deya taʻkidladi oliy rahnamo.​

Eron Xomanaiyning “yadro quroli ishlab chiqarish islomga zid” ekani haqidagi fatvosi amalda ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Eron siyosatchilari buni milliy yadroviy dasturning faqat tinch yo‘l bilan amalga oshirilayotganiga dalil sifatida keltirmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar