Daryo

Rossiyada shartnoma asosida urushga yollanganlar soni rekord darajada kamaydi — Ukraina

“Mediazona” va BBC rus xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma loyihaga ko‘ra, Rossiya armiyasi 2022-yildan buyon 130 150 nafar askaridan ayrilgan.

1 daqiqa o‘qish498 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolab, Ukrainaga qarshi jang qilayotganlar soni keskin kamaydi. Ukraina Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenkoning aytishicha, bu frontdagi talafotlar oshib borayotgani fonida yuz bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilning ikkinchi choragida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan 37,9 ming kishi shartnoma imzolagan. Bu so‘nggi ikki yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 92,8 ming kishiga yoki 2,5 baravarga kam.

Rossiya armiyasi mashg‘ulot jarayonida
Foto: Rus nashrlari

Kovalenkoning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasining Ukrainadagi yo‘qotishlarini shartnoma asosidagi xizmatchilar bilan qoplash imkonsiz.

“Shartnoma asosidagi askarlar endi Rossiya armiyasining har haftalik yo‘qotishlarini to‘liq qoplay olmayapti. Ukraina Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning kunlik talafotlari o‘rtacha ming nafardan ortadi”, dedi u.

​Ukraina Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, 20-sentyabr holatiga ko‘ra Rossiya armiyasining yo‘qotishlari 1,1 milliondan oshgan. So‘nggi 24 soatda 1 070 nafar rus askari halok bo‘lgan.

Biroq “Mediazona” hamda BBC rus xizmati kabi mustaqil manbalarning ma’lumotlari bundan ancha kamtarroq. Ular tomonidan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma loyihaga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari 130 150 nafar askaridan ayrilgan.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar