Daryo

Makallister: “Ronaldu — dunyoning eng kuchli ikkinchi futbolchisi”

“Liverpul”ning argentinalik yarim himoyachisi Messi hamda Ronaldu o‘rtasida tanlov qildi.

1 daqiqa o‘qish1 126 ko‘rishlar0 izoh1

Argentina terma jamoasi va “Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Makallisterning Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, argentinalik hujumchi 2022-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabadan ancha oldin ham portugaliyalik raqibiga qaraganda kuchliroq futbolchi bo‘lgan.

Ochig‘i, men avval ham Messi hamda Ronaldu o‘rtasida jiddiy raqobat bo‘lgan deb hisoblamayman. Bu mening subyektiv fikrim, axir men argentinalikman. Shunga qaramay, Krishtianuni juda hurmat qilaman. U men uchun dunyoning ikkinchi eng kuchli futbolchi hisoblanadi. Men Ronalduga nisbatan hurmatsizlik qilishni istamayman, lekin mening fikrimcha, Messi undan yaxshiroq. Leo kabi futbolchi boshqa hech qachon bo‘lmaydi, — dedi Makallister.

Ma’lumot uchun, Makallister 2023-yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib keladi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 assist yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Aleksisning qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar