Daryo

Kapadze Xitoy terma jamoasi ustoziga aylanishi mumkin — manba

Kapadze faoliyatini Sharqiy Osiyoda davom ettirishi mumkin. Xitoy futbol assotsiatsiyasi o‘zbekistonlik mutaxassis bilan bir qatorda Fabio Kannavaro hamda mahalliy murabbiy Chjen Chji nomzodlarini ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish1 198 ko‘rishlar0 izoh2

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Xitoy futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Xitoyning “Sohu” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kapadze Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Xitoy futbol assotsiatsiyasi Temur bilan bir qatorda italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro hamda mahalliy murabbiy Chjen Chji nomzodlarini ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda.

Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, Kapadze oktyabr oyida Xitoy terma jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Kapadze dastlab murabbiylik faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirishni rejalashtirgan, biroq u yerdan taklif bo‘lmagach, Xitoy bilan muzokaralarni boshlagan.

44 yoshli Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi hisoblanadi. U 2025-yilning yanvar oyida “oq bo‘rilar” boshqaruviga kelgan bo‘lib, shu kungacha 9 uchrashuv o‘tkazgan. Bu bellashuvlarning 5 tasida g‘alaba qozonilgan bo‘lsa, qolgan 4 tasida durang qayd etilgan.

Shuningdek, Kapadze 2022 va 2024-yillarda O‘zbekiston U-23 terma jamoasini Osiyo Kubogi finaliga olib chiqqan. Qolaversa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan tarixida ilk bor yozgi Olimpiyada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar