Daryo

AQSH Ukrainaga qurol yuborishni tiklaydi

NATO davlatlari AQSHdan sotib olgan qurol-yarogʻlar yaqin kunlarda Ukrainaga yetkaziladi. Bu ilk bor yangi sxema asosida amalga oshirilmoqda.

1 daqiqa o‘qish666 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ilk bor yangi sxema asosida Ukrainaga qurol yetkazib berishni ma’qulladi. Bu haqda ikkita manbaga tayanib, Reuters xabar berdi.

Allaqachon 500 million dollarlik ikkita qurol-yarogʻ paketi tasdiqlangan. Bu NATO davlatlari mablag‘laridan foydalangan holda Ukrainaga Amerika zaxiralaridan qurol yetkazib berishga qaratilgan. Bu “Ukrainaning ustuvor talablari ro‘yxati” (PURL) deb nomlangan yangi mexanizmning birinchi qo‘llanilishi boʻladi.

Avgust oyida Rossiya bosqinidan himoyalanayotgan Kiyev AQSHga xavfsizlik kafolatlari uchun 100 mlrd dollarlik kelishuv taklif qilgandi. Agar Vashington Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bersa, u AQSHdan 100 mlrd dollarlik qurol sotib oladi. Bitimni esa Yevropa davlatlari moliyalashtiradi, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shunday taklif bilan chiqqandi.

Yangi modeldan foydalanish qarori Donald Trampning saylovoldi va’dalariga mos keladi. U Yevropa davlatlarining kollektiv mudofaa uchun moliyaviy hissasini oshirishni talab qilgan. AQSH hali ham Ukrainaga asosiy qurol yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda. Biroq yangi mexanizmga ko‘ra, bu xarajatlarni endi sherik davlatlar qoplaydi. Bu ham Oq uyning ittifoqchilar zimmasiga ko‘proq mas’uliyat yuklash siyosatiga mos keladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar