Daryo

Rossiya ukrainalik minglab bolalarni “qayta tarbiyalamoqda”

AQSH tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda bolalar ruslar tomonidan o‘g‘irlanib, turli majburiy faoliyatlarga majburlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish578 ko‘rishlar0 izoh1

Rossiya Ukrainadan minglab bolalarni kuch bilan olib ketib, ularni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazgan holda qayta tarbiyalamoqda. Bu haqda AQSH tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotda ma’lum bo‘ldi. 

Qo‘shma Shtatlar moliyalashtirgan tadqiqotda taxminan 210 ta joy aniqlanib, u yerda bolalar dron yasash va boshqa turli majburiy faoliyatlarga jalb qilingan. Yel universitetining xabar berishicha, 2024-yilda Rossiyaning prezident samolyotlaridan bolalarni tashishda foydalanilgan. Tadqiqotda yuqoridagi hududlarning yarmini Rossiya hukumati boshqarayotgani aytiladi.

Ayni paytda Ukraina rasmiylari Rossiyaning 19,500 dan ortiq bolani noqonuniy ravishda Rossiya va Belarusga deportatsiya qilganini bildirmoqda, ammo Rossiya buni inkor qilmoqda. Tadqiqotda Rossiya Ukrainadan olingan bolalar uchun keng ko‘lamli harbiy tayyorgarlik va “qayta tarbiya” tizimini ishga tushirgani ta’kidlanadi. Shu paytgacha 6 mingdan ortiq bola 43 ta maxsus markazga olib ketilgani ma’lum edi, hozir bu ko‘rsatkich ancha oshgan.

Ukraina inson huquqlari bo‘yicha vakili xabar berishicha, hozirgacha 1,600 dan ortiq bola uyiga qaytgan. Zelenskiyning vakillari esa yana 16 bolaning ozod qilinganini bildirgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar