Daryo

Yaponiyada keksalar soni rekord darajaga yetdi

Kunchiqar mamlakatda 65 yoshdan oshganlar soni 36,19 million kishini tashkil etmoqda, ularning 25,7 foizi faol mehnat faoliyatini to‘xtatmagan.

1 daqiqa o‘qish1 655 ko‘rishlar0 izoh14

Yaponiya aholisi tarkibida 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar soni 29,4 foizga yetib, tarixiy rekord yangilandi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, Xinhua xabar berdi.

15-sentyabr holatiga ko‘ra, Yaponiyada 65 yoshdan oshganlar soni 36,19 million kishini tashkil etmoqda. Shundan 15,68 millioni erkaklar, 20,51 millioni esa ayollar. Ayollar soni erkaklarga qaraganda 4,83 million nafarga ko‘p.

Vazirlikga ko‘ra, keksalar ulushi umumiy aholining 29,4 foizini tashkil qilmoqda — bu 2024-yilga nisbatan 0,1 foizga yuqori. Shuningdek, mehnat bozoriga oid so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘tgan yili Yaponiyada 65 yoshdan katta 9,3 million kishi aktiv mehnat faoliyatida bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 160 ming nafarga ko‘p bo‘lib, yana bir rekord daraja sifatida qayd etilmoqda.

Keksalar orasida bandlik darajasi 25,7 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ham 2024-yilga nisbatan 0,5 foizga oshgan. Yosh guruhlari bo‘yicha tahlil qilinsa, 65-69 yoshdagilarning 53,6 foizi, 70-74 yoshdagilarning 35,1 foizi, 75 yosh va undan kattalarning esa 12 foizi ishlashda davom etmoqda.

Vazirlik bu tendensiyani mehnat kuchiga bo‘lgan ehtiyoj va pensiya yoshining oshirilishi bilan izohlagan. Mutasaddilarga ko‘ra, yoshi katta fuqarolarning ishlashda davom etishida imkoniyatlar keng, ularning mehnat bozoridagi ishtiroki esa kelgusida ham ortishi kutilmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar