Daryo

Rossiyadan himoyalanish uchun 2026-yil Ukrainaga 120 mlrd dollar kerak bo‘ladi

Ukraina mudofaa vaziri yuqori harbiy xarajatlar tinchlik o‘rnatilgan taqdirda ham saqlanib qolishini aytdi

1 daqiqa o‘qish1 567 ko‘rishlar0 izoh2

Ukraina 2026-yilda harbiy xarajatlar uchun kamida 120 milliard dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Yalta Yevropa strategiyasi konferensiyasida so‘zga chiqqan mamlakat mudofaa vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi. Mulozim, shuningdek, mazkur summa urush to‘xtagan taqdirda ham deyarli o‘zgarmasligini ta’kidladi.

“Urush tugasa ham, zaxiralarni to‘ldirish uchun shuncha mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu armiyani Rossiyaning navbatdagi ehtimoliy tajovuziga tayyor holatda ushlab turish uchun zarur”, dedi u.
​ Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda kim mudofaa uchun kamroq mablag‘ sarflasa, o‘sha hududlari va fuqarolarining hayoti bilan tovon to‘laydi.

Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmigal
Foto: RBC Ukraine

Shmigal, shuningek, Ukraina o‘zini yetarli miqdorda harbiy texnika bilan ta’minlay olishini aytib, hamkorlardan dronlar va ularni ishlab chiqarish uchun mablag‘ so‘radi.
“Urushni tugatish uchun kuchli Ukraina armiyasi, yetarli texnika va qurol-yarog‘, shuningdek, qat’iy ikkilamchi sanksiyalar zarur. Biz hamkorlardan shuni so‘raymiz”, dedi u.
​

Vazirning fikricha, Ukraina va hamkorlar Putinning o‘zi urushni tugatishni istab qoladigan sharoit yaratishi zarur. Shmigal bunga uzoq masofali dronlar bilan Rossiya hududiga zarbalarni intensivlashtirish orqali erishish mumkin deb hisoblashini aytdi.

Ukraina mudofaa vaziri, shuningdek Rossiya tinchlik o‘rnatilganidan so‘ng qayta hujum qilmasligi uchun barqaror mudofaa tizimini yaratish zarurligini urg‘uladi. 

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar