Daryo

Qozog‘istondagi portlashda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Hodisa Olmaota viloyatida joylashgan metall qabul qilish shoxobchalaridan birida sodir bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish865 ko‘rishlar0 izoh2

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida joylashgan metall qabul qilish shoxobchalaridan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda ktk.kz xabar berdi.

Baxtsiz hodisa Bayserke qishlog‘ida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida noma’lum obyekt portlab ketgan. Shoxobcha egasi voqeaga quyidagicha munosabat bildirgan:

“Orqa tarafda metall quyuv sexi bor. Bu joy ham menga tegishli. Uni xitoyliklarga ijaraga berganman. Ularning aytishicha, bir vaqtlar arzon narxda bir uyum temir-tersak sotib olishgan. Metallar orasida nimalar borligini o‘zlari ham bilmaydi. Afsuski, ular orasida portlatilmagan minalar ham bor edi. Voqea joyiga barcha xavfsizlik kuchlari yetib keldi, hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda”.

Hodisa joyi hozirda tergovchilar, sud-tibbiyot ekspertlari va Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan o‘rganilmoqda. Fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida hech kim hodisa hududiga kiritilmayapti. Olmaota viloyati politsiyasi rasmiysi Ernar Saidildinning ma’lum qilishicha, portlash Ili tumanidagi metall yig‘ish shoxobchasida yuz bergan.

“Noma’lum obyekt portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Ularning jasadlari hayot alomatlarisiz topilgan. Voqea yuzasidan jinoyat ishi ochildi”, dedi u.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar