Daryo

Lamin Yamal eng katta orzusi nima ekanini aytdi

Futbolchi kelajakda bir necha marotaba “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishni istayotganini bildirdi

1 daqiqa o‘qish1 015 ko‘rishlar0 izoh3

Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal kelajakdagi eng katta orzularidan birini ochiq aytdi. Futbolchi RMC Sport nashriga bergan intervyusida kelajakda ko‘plab “Oltin to‘p” yutishni istayotganini ma’lum qildi.

“Men bitta “Oltin to‘p” haqida orzu qilganim yo‘q. Men bir necha marta bu sovrinni qo‘lga kiritishni xohlayman. Buni barcha do‘stlarim biladi. Agar bunga erisha olmasam, demak, nimanidir noto‘g‘ri qilganman. Lekin agar uddalay olsam, mendan baxtliroq inson bo‘lmaydi”, dedi 18 yoshli futbolchi.

​

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsum ham “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Biroq ko‘plab mutaxassislar Usmon Dembelening imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Yamal o‘tgan mavsum “Barselona” bilan Ispaniya chempionligi, mamlakat kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritdi. 

Lamin joriy mavsum Ispaniya La Ligasi doirasida uchta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikki gol va ikki golli uzatma yozidirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uning qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar