Daryo

Buyuk Britaniya Rossiyaga 100 ta yangi sanksiya joriy etdi

Nishonga olinganlar orasida 70 ta kema hamda elektronika, kimyo va portlovchi modda yetkazib beruvchi 30 ta kompaniya bor.

1 daqiqa o‘qish874 ko‘rishlar0 izoh1

Buyuk Britaniya 12-sentyabr kuni Rossiyaning harbiy salohiyati va daromad manbalarini nishonga olgan holda 100 ta yangi sanksiya joriy qildi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Yvette Kuper Kiyevga safari chog‘ida e’lon qildi.

Yangi sanksiyalar Rossiyaning neft tashuvchi “soya floti”ga tegishli 70 ta kemani, harbiy texnika ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi elektronika, kimyo va portlovchi modda yetkazib beruvchi 30 ta kompaniya va shaxslarni nishonga oladi. Sanksiyaga tushganlar orasida Xitoydagi Shenzhen Blue Hat International Trade Co., uning rossiyalik hamkorlari va Turkiyadagi MastelMakina shirkati ham bor.

Bu choralar Rossiyaning Ukrainaga amalga oshirgan eng yirik havo hujumidan so‘ng joriy etilmoqda — bir kecha kunduzda 800 dan ortiq raketa va dron uchirilgan. Iyul oyining o‘zida esa bu ko‘rsatkich 6,500 taga yetgan. Kuperning ta’kidlashicha, Rossiyaning NATO havo hududini, jumladan Polsha dahlsizligini buzgan holda hujumlar uyushtirishi jiddiy xavf tug‘diradi.

“Ukraina va NATO xavfsizligi — Buyuk Britaniya xavfsizligining ajralmas qismidir”, dedi vazir.

Britaniya bu sanksiyalar bilan Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishni, noqonuniy urush uchun zarur moliyaviy oqimlarni to‘sishni maqsad qilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar