Daryo

Marsda ilk bor hayot belgilari topildi

2021-yildan beri Yezero kraterida ishlayotgan Perseverance marsoxodi allaqachon Bright Angel’dan namuna olib, uni kelajakda Yerga namunalarni yetkazib berish missiyasi uchun maxsus kapsulada saqlagan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu namunalar 2030-yillarda Yerga yetkaziladi.

1 daqiqa o‘qish2 068 ko‘rishlar0 izoh161

NASA va London Imperial kolleji olimlari Marsda mikrob jarayonlarining izlarini aniqladi. Tadqiqotchilar Yezero krateri jinslaridagi minerallar va organik moddalarni o‘rganib, qadimgi ko‘l va Yerdagiga o‘xshash biokimyoviy reaksiyalar mavjud bo‘lganligini ko‘rsatuvchi dalillarni topishgan. Bu haqidagi maqola Nature jurnalida chop etildi.

Olimlar guruhi Bright Angel deb nomlangan yorqin hududdagi jinslarni tahlil qilgan. Aniqlangan jinslar tinch suv muhitida - qirg‘oq bo‘yida yoki ko‘l tubida shakllangan cho‘kindi yotqiziqlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jinslar ichida temir-fosfatli va temir-sulfidli minerallar bilan boyigan millimetrli tuzilmalar topildi. Bu tuzilmalar organik uglerod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yerdagi shunga o‘xshash jarayonlar ko‘pincha mikroorganizmlar faoliyati bilan bog‘liq.

“Bu juda katta yutuq. Biz tavsiflab bergan namunalar bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng ishonchli dalillardan biridir”, dedi London Imperial kolleji professori Sanjiv Gupta.
​
2021-yildan beri Yezero kraterida ishlayotgan Perseverance marsoxodi allaqachon Bright Angel’dan namuna olib, uni kelajakda Yerga namunalarni yetkazib berish missiyasi uchun maxsus kapsulada saqlagan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu namunalar 2030-yillarda Yerga yetkaziladi.
“Ushbu natijalar Marsda mikroblar hayoti uchun sharoit bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi eng umidli dalillardir. Garchi xulosa chiqarishda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak bo‘lsa-da, bu kashfiyot bizni asosiy “Koinotda yolg‘iz emasmizmi?” degan savolga javob topishga yaqinlashtiradi”, deydi Britaniya kosmik agentligining kosmik tadqiqotlar yo‘nalishi rahbari Mettyu Kuk.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar