Daryo

Polsha havo hududiga nomaʼlum dronlar buzib kirdi

Obyektlar Rossiyaga tegishli ekani taxmin qilinmoqda. Polsha qurolli kuchlari dronlarni urib tushirayotganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish1 158 ko‘rishlar0 izoh2
Polsha havo hududi 10-sentyabr kuni nomaʼlum dronlar tomonidan buzib kirildi. Hozirda ushbu obyektlarni zararlantirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Taxminlarga ko‘ra, bu obyektlar Rossiya kuchlarining Ukraina g‘arbiy hududlariga uyushtirgan hujumlari bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Hodisa sabab Chopin, Modlin, Jashonka (Rjeshuv) va Lyublin aeroportlarida barcha parvozlar bekor qilingan. Rasmiy bayonotda aytilishicha, ayrim dronlar urib tushirilgan. Qurolli kuchlar eng yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgan.

“Qurolli kuchlar harakatga keltirildi. Havo hududini buzgan obyektlar yo‘q qilinmoqda, ularning joylashuvi aniqlanmoqda”, deyiladi Polsha armiyasining X’dagi rasmiy bayonotida.

Polsha bosh vaziri Donald Task harakatlarga mos ravishda javob qaytarilayotganini bildirgan. Mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Tsezari Tomchikning aytishicha, Task shaxsan voqea joyida bo‘lib turibdi.

Chegara hududlar xavf ostida

Polsha armiyasi tomonidan Podlaskiye, Mazoviyeskiye va Lyublin voyevodeliklari — yaʼni Belarus va Ukraina bilan chegaradosh sharqiy mintaqalar — ayni paytda eng katta xavf ostida ekani bildirilmoqda.

“Bu — Polsha havo hududining misli ko‘rilmagan darajadagi buzilishi”, deyiladi qurolli kuchlar bayonotida.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar