Daryo

O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatining 4-kunida ham to‘liq g‘alaba qozondi

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning 4-kuni 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi ringga chiqib, ularning barchasi g‘alaba qozondi.

2 daqiqa o‘qish1 468 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 7-sentabr, yakshanba kuni O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar bokschisi ringga chiqib, ularning barchasi g‘alaba qozondi.

Dastlab,

-55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzahalilov

ringga chiqdi. U hindistonlik Pavan Bartvalga qarshi jang olib borib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0. Mirzahalilov navbatdagi jangini 9-sentabr kuni o‘tkazadi.

-80 kg vazn toifasida jang qiladigan Javohir Ummataliyev polshalik Nikodem Kozakni qiynchiliksiz mag‘lub etdi. Bahs davomida u raqibini nokdaunga ham tushirib qo‘ydi. Hisob — 5:0. Javohir endi 9-sentabr kuni chorak finalga chiqish uchun ringga ko‘tariladi.

Kunning kechki dasturlarida yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi. -57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova Chernogoriya vakilasi Boyana Goykovichni qiynchiliksiz 5:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Mamajonova 10-sentabr kuni yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqishi kutilmoqda.

-70 kg vazn toifasida jang qiladigan Aziza Zokirova ham navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. U Vengriya vakilasi Regina Lakosni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Zokirova 9-sentabr kuni yarim finalga chiqish uchun ringga chiqdi.

Kunning oxirgi jangida ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi g‘alaba qozondi. -65 kg vazn toifasida jang qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Xitoy vakili Jianxao Judan 5:0 hisobida ustun keldi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqaning 4-kunini ham mag‘lubiyatsiz yakunladi. 8-sentyabr, dushanba kuni yana 7 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Nigina O‘ktamova — Anna Lakotar (Vengriya) 16:30

-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Bernad Martinez (Ispaniya) 17:45

-90 kg: To‘rabek Habibullaev — Vagkan Nanitsanian (Gretsiya) 18:45

-65 kg: Navbahor Hamidova — Oshin Deriyev (Belarus) 22:00

-60 kg: Abdumalik Halokov — Juzippe Kanoniko (Italiya) 23:00

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Sultan Osmanli (Turkiya) 00:00

+90 kg: Jahongir Zokirov — Nikita Putilov (Germaniya) 01:45

Musobaqaning birinchi dasturi O‘zbekiston vaqti bilan soat 16:00, kechki dastur esa 22:00 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar