Daryo

Rossiya, Xitoy va KXDR NATO harbiy sanoatiga tahdid solmoqda — NYT

XXR va KXDRning qo‘llab-quvvatlashi Rossiyaga Ukrainadagi harbiy harakatlarni davom ettirish, Rossiya Qurolli Kuchlariga esa qarshi turishning to‘rtinchi yilida barqarorlikni saqlab qolish imkonini bermoqda. Mintaqaviy mojaro yuz bergan taqdirda, yangi ittifoq davlatlari bir-biriga tezda harbiy yordam ko‘rsata olishi mumkin, bu esa NATO va AQSH uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi.

2 daqiqa o‘qish1 191 ko‘rishlar0 izoh3

Rossiya, Xitoy va KXDR NATO davlatlari harbiy sanoatini xavf ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan yangi strategik ittifoq shakllantiryapti. Bu haqda The New York Times (NYT) nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, NATOning Moskva, Pekin va Pxenyanga nisbatan bosim o‘tkazish usullari asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qotib, o‘tmishga aylanib bormoqda.

“Hatto o‘n yillar davomida shakllantirilgan iqtisodiyot ham AQShga bu kurashda g‘alaba qozonishga yordam bera olmaydi”, deyiladi maqolada.
​

Ta’kidlanishicha, XXR va KXDRning qo‘llab-quvvatlashi Rossiyaga Ukrainadagi harbiy harakatlarni davom ettirish, Rossiya Qurolli Kuchlariga esa qarshi turishning to‘rtinchi yilida barqarorlikni saqlab qolish imkonini bermoqda. Mintaqaviy mojaro yuz bergan taqdirda, yangi ittifoq davlatlari bir-biriga tezda harbiy yordam ko‘rsata olishi mumkin, bu esa NATO va AQSH uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi.

“Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik qarama-qarshilikda ushbu uchlik chetda qolgan bo‘lsa-da, bu Eronning ikkinchi o‘ringa tushib qolishini anglatmaydi. Garchi u AQSH va Isroilning zarbalaridan zaiflashgan bo‘lsa-da, Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya Eronga AQShga qarshi turishda yordam berishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin. Tramp ma’muriyati G‘arb ommaviy axborot vositalari tomonidan "silkinishlar o‘qi" deb nomlangan Rossiya, Xitoy va KXDR ittifoqi qanday tahdid tug‘dirishini yaxshi anglaydi”, dedi mualliflar.
​

Vashington Moskvani uning boshqa ittifoqchilaridan uzoqlashtirish mumkinligi taxminidan kelib chiqib, Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga intilmoqda.

“Ukrainadagi urushni Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga imkon beradigan tarzda yakunlash ularning birinchi qadami bo‘lishi mumkin. Ammo Moskva bilan munosabatlarni qayta tiklashga yana bir urinish nafaqat muvaffaqiyatsizlikka mahkum, balki muammoni yanada chuqurlashtirishga olib keladi”, deb hisoblaydi maqola mualliflari.
​​

Kreml Vashingtonga Moskva maqsadlari yo‘lidagi asosiy to‘siq sifatida qarashdan voz kechmaydi. Xitoyni jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar ham befoyda bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, ma’muriyatning Xitoyga ilg‘or sun’iy intellekt chiplarini yetkazib berishga ruxsat berish kabi geosiyosiy imtiyozlarni berish orqali Pekin bilan savdo bitimini tuzishga urinishi ittifoqning eng qudratli a’zosini hamkorlaridan uzoqlashtirishga olib kelishi dargumon.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar