Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5-sentyabr kuni Ukrainaga joylashtiriladigan har qanday G‘arb qo‘shinlari Moskva uchun nishon bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Putin bu fikrlarini Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 26 ta mamlakat Ukrainada xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashga tayyor ekanini bildirganidan so‘ng aytgan. Rossiya uzoq vaqtdan buyon Ukrainada urush boshlashining sababi sifatida NATO’ning Kiyevni a’zolikka qabul qilishi ekanini ta’kidlab keladi. Bu bilan Moskva Ukrainada harbiy bazalar joylashtirilishining oldini olishni maqsad qilgan.
“Ukrainada G‘arb qo‘shinlari paydo bo‘lsa, biz ularni nishonga olamiz. Uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishiladigan bo‘lsa, unda men qo‘shinlarning Ukraina hududiga joylashtirilishi hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblayman. Nuqta”, dedi Putin Vladivostokda o‘tgan iqtisodiyot forumida.








