Yevropa rahbarlari va Amerika Qo‘shma Shtatlar hukumati tomonidan global Janub mamlakatlariga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar 38 million kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda Al Jazeera nashri tadqiqot natijalariga asoslanib xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, AQSH va Yevropa uzoq vaqtdan beri sanksiyalardan mamlakatlar hukumatlariga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanib kelmoqda. Jumladan, 1990-yillar va 2000-yillarda har yili 30 ga yaqin davlat G‘arb sanksiyalari ta’siri ostida bo‘lgan.
Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, 2025-yilda The Lancet Global Health jurnalida 1970-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda sanksiyalar bilan bog‘liq o‘limlarning umumiy soni hisoblangan tadqiqot e’lon qilinadi.
“Natijalar hayratlanarli. Mualliflar AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan 1970-yildan buyon kiritilgan bir tomonlama sanksiyalar 38 million kishining o‘limi bilan bog‘liqligini aniqlashdi”, deyiladi maqolada.
Shu bilan birga sanksiyalar tufayli halok bo‘layotganlar soni jangovar harakatlarga nisbatan bir necha barobar ko‘p.
Bundan oldin Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar bo‘yicha aniq majburiyatlar olmaganini yozgan edi.








