Daryo

Malika Diana o‘limi bo‘yicha rasmiy xulosalarga zid yangi taxmin ilgari surildi

Diana qirollikdan yashirin tarzda o‘tkazilgan maxfiy operatsiyaning qurboni bo‘lgan, taxmin qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish1 922 ko‘rishlar0 izoh0
Malika Diananing o‘limi Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan, qirollik oilasi a’zolarining roziligisiz uyushtirilgan bo‘lishi mumkin, degan taxmin ilgari surilmoqda. Bu fikrni qirollik oilasi bo‘yicha ekspert Tom Sayks The Royalist blogida yozib qoldirgan.

 

Ma’lumki, malika Diana 1997-yil 31-avgust kuni Parijda halok bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga avtohalokat, ya’ni baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan.

Sayksning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy xulosa, ya’ni mast holatda Anri Polning avtomobilni boshqara olmay qolganligi haqiqatdan yiroq bo‘lishi mumkin. Eskpert bir qator shubhali holatlarga e’tibor qaratdi. Jumladan, Fiat Uno mashinasi bilan to‘qnashgan. Uning rulida fotograf Jeyms Endenson emas, balki maxsus xizmat agenti bo‘lgan, degan taxmin mavjud.

 

Foto: Lady.mail.ru

Diana o‘limining sababi, ehtimol, uning ba’zi yuqori lavozimlardagi shaxslarga tahdid solishi bo‘lgan. Chunki Malika so‘nggi yillarda kutilmagan qarorlar qabul qilgan, ko‘plab sirli ma’lumotlardan xabardor bo‘lgan va o‘z qarorlari bilan atrofidagilarni hayron qoldirgan.

Bu taxmin tadbirkor Muhammad Al-Fayidning da’volariga ham mos keladi. U Diana bilan birga avtomobilda bo‘lgan Dodi Al-Fayidning otasi hisoblanadi. Al-Fayid o‘sha paytda avtohalokatni Britaniya razvedkasi MI6 qirollik oilasi topshirig‘i bilan uyushtirganini aytgan edi.

Foto: Lady.mail.ru

Shunga qaramay, Buyuk Britaniya va Fransiya tergovlari malika Diananing o‘limi baxtsiz hodisa ekanini tasdiqlagan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar