Daryo

Si Szinpin yadro masalasida Eronni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Xitoy Eron yadro muammosini barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda hal etishga ko‘maklashishni davom ettirishini bildirgan.

1 daqiqa o‘qish667 ko‘rishlar0 izoh0

Xitoy Eronning yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish huquqini hurmat qiladi va davlat suverenitetini himoya qilishda Tehronni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.

Si Szinpin Pekin Eronning yadro qurolini ishlab chiqarmaslik to‘g‘risidagi bir necha bor bergan va’dalarini qadrlashini ta’kidlagan.

“Xitoy Eronning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va milliy qadr-qimmatini himoya qilishda, shuningdek, siyosiy muzokaralar orqali uning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etishda qo‘llab-quvvatlaydi”, dedi Xitoy rahbari.

​
U beqaror xalqaro vaziyatga qaramay, Xitoy-Eron munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanayotganini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, Xitoy Eron yadro muammosini barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda hal etishga ko‘maklashishni va Yaqin Sharqda mustahkam tinchlikka erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishini bildirgan.

Avgust oyi oxirida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSH Eronni o‘ziga bo‘ysundirishni istayotganini ta’kidlab, eronliklar bunday og‘ir haqoratga qarshi bor kuchi bilan qarshilik ko‘rsatishini ma’lum qilgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar