Daryo

“Putin va Zelenskiy hali uchrashuvga tayyor emas” — Erdo‘g‘on

Turkiya yetakchisi Anqara tinchlikka bo‘lgan umidni aniq natijalarga aylantirish maqsadida muzokaralar darajasini asta-sekin oshirishga intilayotganini ta’kidlagan.

1 daqiqa o‘qish791 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina rahbarlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiy bilan muloqotdan so‘ng ularning uchrashuvga tayyor emasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini “Milliyet” gazetasi keltirgan.

“Men prezidentlar ham Zelenskiy, ham Putinning yondashuvlarini ijobiy baholadim. Biz Turkiyada Istanbul jarayonini davom ettirishni taklif etganimizda, Zelenskiy “Nega yo‘q?” deb rozi bo‘ldi. Ammo ular hali bunga tayyor emaslar”, dedi Erdog‘on.

​

Uning aytishicha, Turkiya rahbariyati doimo Ukrainadagi mojaroni muzokaralar orqali hal etish mumkin, degan fikrda bo‘lib kelgan va shu sababli bu jarayonni davom ettirish uchun harakat qilmoqda.

Turkiya yetakchisi Anqara tinchlikka bo‘lgan umidni aniq natijalarga aylantirish maqsadida muzokaralar darajasini asta-sekin oshirishga intilayotganini ta’kidlagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp 15-avgust kuni Alyaskada Putin bilan, undan so‘ng esa 18-avgust kuni Oq uyda Zelenskiy va Yevropa rahbarlari bilan uchrashgandan keyin yaqin kelajakda avval Putin va Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvini, so‘ngra prezidentlarning o‘zi ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirganini bildirdi. Bu uchrashuvlar mojaroni hal qilish yo‘lidagi jiddiy qadam bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ular qachon va qayerda o‘tkazilishi mumkinligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

30-avgust kuni Tramp Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv amalga oshishiga ishonchi komil emasligini, ammo uch tomonlama uchrashuv albatta bo‘lib o‘tishini aytgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar