Daryo

Buyuk Britaniyada 141 yildan beri eng issiq yoz kuzatildi

Iqlim o‘zgarishi tufayli kelajakda anomal issiqlik tez-tez kuzatilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish1 214 ko‘rishlar0 izoh2

Buyuk Britaniyada 1884-yildan beri eng issiq yoz qayd etildi. Iqlim o‘zgarishi tufayli kelajakda anomal issiqlik tez-tez kuzatilishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Mamlakatda yoz faslida to‘rtta issiqlik to‘lqini qayd etildi. Iyun, iyul va avgust oylarida o‘rtacha harorat 16,1 daraja Selsiy bo‘ldi, bu 2018-yildagi 15,76 darajani ortda qoldirdi.

“Bizning tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoat inqilobidan beri insonlar chiqargan issiqxona gazlari tufayli 2025-yilning yozi juda issiq bo‘ldi. Hozirgi va yaqin kelajakda bundan ham issiq yozlarni boshdan kechirishimiz mumkin. Ilgari ekstremal deb hisoblangan haroratlar endi iqlim o‘zgarishi fonida tobora odatiy holga aylanmoqda”, dedi Met ofisining iqlim atributsiyasi bo‘limi boshlig‘i Mark Makkarti.
​

Britaniyada eng yuqori harorat janubi-sharqiy Angliyadagi Faversham shahrida kuzatilib, 35,8 daraja Selsiy (96,4 Farengeyt)ni tashkil etdi. Bu mamlakatda 2022-yil yozidagi eng yuqori 40,3 darajasidan past edi.

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab mamlakatlar global isish kuchaygani sari rekord darajadagi issiqlikni boshdan kechirmoqda. 2024-yilgi yoz esa tarixdagi eng issiq yoz sifatida qayd etildi. Yevropada esa jazirama issiqlik to‘lqinlari Ispaniya va Portugaliya kabi mamlakatlarda yong‘inlarga sabab bo‘ldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar