Daryo

Tayvan Xitoydagi paradda qatnashadigan fuqarolarini jazolaydi

Pekinda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradga tayvanliklar ham taklif etilgan

1 daqiqa o‘qish929 ko‘rishlar0 izoh1
Xitoy 3-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan harbiy paradga Tayvan aholisini taklif qildi. Bu haqda Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi vakili Chju Fenlyan xabar berdi.

 

Ikkinchi jahon urushi yakuniga bag‘ishlangan parad Pekin shahridagi Tyananmen maydonida bo‘lib o‘tadi.
 
“Tayvandan kelgan vatandoshlar G‘alaba kuni munosabati bilan Xitoyning keng ko‘lamli harbiy paradini tomosha qilishga taklif etiladi”, dedi Chju Fenlyan.

​

U “bo‘g‘ozning ikki tomonidagi odamlarni tarixni eslashga, shahidlar xotirasini hurmat qilishga, buyuk vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga va milliy qayta birlashuvni birgalikda ilgari surishga” chaqirdi. Fenlyan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Xitoy bir qator xotira tadbirlarini o‘tkazishini aytdi.

Tayvan paradda qatnashgan aholisini jazolaydi

 

Tayvan kelasi hafta Pekinda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda qatnashmaslikka chaqirdi va buni amalga oshirgan mudofaa, razvedka yoki diplomatiya sohasidagi amaldagi yoki sobiq yuqori martabali amaldorlarga pensiya to‘lashni to‘xtatib turish kabi jazolar bilan tahdid qildi. Paradni Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan birga qator xorijiy davlatlar yetakchilari, jumladan, Rossiya prezidenti Putin kuzatib boradi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar