Daryo

Samarqandda triatlon bo‘yicha an’anaviy “Challenge Samarkand-2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur sport tadbiri zamonaviy “Silk Road Samarkand” turizm majmuasi hududida tashkil etildi

1 daqiqa o‘qish6 728 ko‘rishlar0 izoh0

Joriy yilning 23-24-avgust kunlari Samarqand shahrida xalqaro triatlon bo‘yicha an’anaviy “Challenge Samarkand-2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbiri zamonaviy “Silk Road Samarkand” turizm majmuasi hududida tashkil etildi.

Foto: Instagram

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda ingliz sportchisi Uill Dreper mutlaq ustunlikni namoyish etdi. U suzish va velosiped bosqichlarida ham peshqadamlikni qo‘ldan boy bermay, yakunda 3 soat 36 daqiqa 17 soniya natija bilan marrani birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. U ikkinchi o‘rinni egallagan fransiyalik Klement Mignonni 5 daqiqa ortda qoldirdi. Shveysariyalik Andrea Salvisberg esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Instagram

Ayollar musobaqasida ispaniyalik sportchi Sara Peres Sala baland tog‘ sharoitida olib borgan tayyorgarligining samarasi sifatida kuchli raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. U 4 soat 2 daqiqa 45 soniyada marraga yetib bordi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda germaniyalik Atina Xempen hamda vengriyalik Kamil Esling egalladi.

Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram

Ma’lumot o‘rnida, Triatlon — bu uch bosqichdan iborat sport turi bo‘lib, unda ishtirokchilar ketma-ket suzish, velosiped haydash va yugurish orqali belgilangan masofani bosib o‘tadilar. Mazkur sport turi yuqori jismoniy tayyorgarlik va bardoshlilikni talab qiladi.

Triatlon ilk bor 1970-yillarda AQSHning Kaliforniya shtatida paydo bo‘lgan. 2000-yilgi Sidney Olimpiadasidan boshlab, triatlon rasmiy ravishda Olimpiya sport turlaridan biri sifatida tan olingan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar