Daryo

“Arsenal” yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi

Futbolchi APLning 2-turi doirasidagi “Lids”ga qarshi bahsda jarohat olgan

1 daqiqa o‘qish6 161 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Bukayo Saka jarohat tufayli kamida to‘rt hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Foto: Yahoo

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli vinger Angliya Premyer Ligasi 2-turi doirasida “Lids”ga qarshi uchrashuvda (5:0) son mushagidan jarohat olgan. Tibbiy ko‘rikdan keyin futbolchining tiklanishi uchun kamida bir oy vaqt talab etilishi ma’lum bo‘ldi.

Shu sababli Saka 31-avgustga belgilangan 3-turdagi “Liverpul”ga qarshi bahsni, shuningdek, sentyabr oyida Angliya terma jamoasining Jahon chempionati saralashi doirasida Andorra va Serbiyaga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bundan tashqari, “Arsenal” sardori, norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor ham “Lids”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida yelkasidan jarohat olib, almashtirilgan edi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, u ham “Liverpul”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi ehtimoli mavjud.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” yangi mavsumning dastlabki ikki turida to‘liq g‘alaba qozonib, 6 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar