Daryo

Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi 

Shtatlarning har birida bakteriya bilan bog‘liq 20 va 17 ta o‘lim holati qayd etilgan

1 daqiqa o‘qish5 013 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning qirg‘oqbo‘yi shtatlarida Vibrio vulnificus nomli go‘sht yeyuvchi bakteriyasi bilan zararlanish holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda The Daily Tribune xabar bermoqda.

Foto: Cheryl Bennet Wiygul

Vibrio vulnificus mamlakat plyajlarini to‘liq egallab olgan. AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) 11 shtatda, jumladan, Florida va Luizianada infeksiya tarqalganini tasdiqlagan. Bu shtatlarning har birida 20 va 17 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Ommaviy axborot vositalarida “go‘sht yeyuvchi” deb ta’riflangan bakteriya iliq sho‘r suvda yashaydi va xom dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish yoki ochiq yaralar orqali organizmga kirishi mumkin. Har beshinchi zararlanish holati 48 soat ichida o‘lim bilan yakunlanadi.

Mutaxassislar Vibrio vulnificus’ning hozirgi tarqalishini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda — suv haroratining ko‘tarilishi bakteriyaning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kasallikning dastlabki belgilari qusish, ich ketishi va terida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Xavf guruhiga immuniteti zaif va surunkali kasalliklarga chalingan odamlar kiradi.

CDC ochiq jarohatlar bilan cho‘milmaslikni, dengiz mahsulotlarini yaxshilab pishirishni va dengiz suvi bilan aloqadan so‘ng g‘alati belgilar paydo bo‘lganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishni tavsiya etadi. Bu so‘nggi yillardagi ikkinchi yirik tarqalish hisoblanadi. Bundan avval 2023-yilda Shimoliy Karolina va Texasda ham shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan edi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar