Daryo

Rossiya Ukrainaning yana 3 ta qishlog‘ini egallaganini da’vo qildi

Bosib olingan hududlar Donetsk viloyatida joylashgan

1 daqiqa o‘qish7 136 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya Mudofaa vazirligi 23-avgust kuni Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida joylashgan Katerynivka, Volodymyrivka va Rusin Yar qishloqlari ruslar nazoratiga o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda Arab News xabar berdi.

Foto: BSS

Bu hududlar 2022-yil sentyabr oyida Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilingan Donetsk tarkibiga kiritilgan. Rus armiyasi Ukrainaning sharqiy frontida har bir metr uchun “qimmatga tushayotgan” og‘ir janglar orqali sekin-asta oldinga siljishda davom etmoqda. Mintaqada aksariyat binolar vayron bo‘lgan, tinch aholi esa deyarli qolmagan.

Bu orada, Ukraina va Rossiya o‘zaro tinchlikka intilmaslikda bir-birini ayblamoqda. Bu esa davlat rahbarlari o‘rtasida tez orada uchrashuv bo‘lishi ehtimolini yanada pasaytirmoqda. Ta’kidlanishicha, rus artilleriya zarbalaridan so‘ng, Donetsk viloyatidagi Kostyantinivka shahrida (yuqoridagi qishloqlarga yaqin hudud) gaz quvuri shikastlangan. Ukraina tomoni xavfsizlik yo‘qligi sababli quvurni ta’mirlashning imkoni yo‘qligini bildirgan.

“Keng miqyosdagi zarar tufayli Kostyantinivkada gaz ta’minoti tizimidagi bosimni ushlab turishning iloji qolmadi”, deyiladi viloyat hokimligi bayonotida.

Hujumlar oqibatida bir nafar fuqaro yaralangan. Kiyev avvalroq ushbu shahardan fuqarolarni evakuatsiya qilish buyrug‘ini bergan edi. Ukraina prezidenti yordamchisi Andriy Yermak ijtimoiy tarmoqlarda 10 qavatli uyning yong‘in ichida qolgan suratini e’lon qilib, shunday dedi:

“Rossiya o‘z maqsadlariga erisha olmayotgani uchun terrorni davom ettiryapti”.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar