Daryo

KXDR Xitoy chegarasida maxfiy raketa bazasi qurgani aytilmoqda

Unda 6-9 ta qit’alararo ballistik raketa borligi taxmin qilindi

1 daqiqa o‘qish5 011 ko‘rishlar0 izoh0

Shimoliy Koreya Xitoy chegarasidan 27 kilometr uzoqlikda maxfiy raketa bazasi qurgani aytilmoqda. Bu ma’lumot Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Al Arabiya

Tadqiqotchilarga ko‘ra, bazada yadroviy qurol tashishga qodir 6-9 ta qit’alararo ballistik raketa (ICBM) va ularning uchirish moslamalari mavjud. “Sinpung-dong raketa operatsion bazasi” deb nomlanayotgan hudud Sharqiy Osiyo mamlakatlari hamda AQSHga yadro xavfi tug‘dirishi mumkin.

KXDR shu kungacha rasmiy ravishda 15–20 ta raketa obyektidan birortasini ham e’tirof etmagan va ular AQSH bilan denuklearizatsiya muzokaralarida tilga olinmagan. Hisobotda aytilishicha, favqulodda vaziyatlarda raketalar bazadan boshqa hududlarga ko‘chirilishi va yashirin tarzda ishga tushirilishi mumkin.

Mutaxassislar bu bazani Pxenyanning yadro strategiyasi va zarba berish salohiyatini kengaytirishdagi muhim qadam sifatida baholamoqda. KXDR yetakchisi Kim Chen In 2019-yilda AQSH bilan bo‘lgan sammit muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, mamlakat yadro arsenalini “tezkor kengaytirish”ga chaqirgan edi. So‘nggi yillarda Pxenyan o‘zini to‘liq yadroviy davlat deb e’lon qilgan hamda Rossiya bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda.

Vashington Moskvani Shimoliy Koreyadan askar va qurol olib, buning evaziga ilg‘or kosmik va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini taqdim etayotganlikda ayblab keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldosh uchirish texnologiyasi va ICBM texnologiyasi o‘zaro o‘xshash.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar