Daryo

Reshford: “‘Barselona’ bu mavsum ham barcha sovrinlar uchun kurashadi”

Angliyalik futbolchi yangi mavsum oldidan kataloniyaliklarning chempionlik imkoniyati haqida fikr bildirdi

1 daqiqa o‘qish5 865 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona”ning angliyalik futbolchisi Markus Reshford jamoasining chempionlik imkoniyati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, kataloniyaliklar 2025/26-yilgi mavsum barcha musobaqalarda zafar quchishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images
“Barselona” bu mavsumni sovrinsiz yakunlashi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Jamoada bunga erishish uchun poydevor bor.  Agar ular o‘tgan mavsum trebl (uchta sovrin) qayd etishni uddalagan bo‘lsa, bu safar ham barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyatimiz bor. Kayfiyat ham, motivatsiya ham yuqori, — deya Reshfordning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted”dan “Barselona”ga ijara asosida qo‘shilgan edi. U Ispaniya La Ligasining 1-turida zaxiradan maydonga tushib, o‘zining rasmiy debyutini o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Reshford “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub asosiy jamoasi safida 426 ta o‘yinda maydonga tushib, 138 ta gol va 78 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar