Daryo

“Brayton” Baleba uchun “Manchester Yunayted”dan katta summa talab qildi

21 yoshli kamerunlik futbolchiga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda

1 daqiqa o‘qish9 673 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasi vaqtida “Brayton”ning 21 yoshli kamerunlik tayanch yarim himoyachisi Karlos Balebani sotib olmaydigan. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Foto: The Sun

Manbaga ko‘ra, “Brayton” futbolchi uchun 115 million funt sterling (133,4 million yevro) talab qilgan. “Qizil iblislar” esa bu narxni haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, Balebaning “Manchester Yunayted”ga o‘tish ehtimoli hali ham saqlanib qolayotgani aytilmoqda.

Avvalroq, Balebaga Manchesterning yana bir klubi — “Siti” tomonidan ham qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh murabbiy Pep Gvardiola jarohat sabab uzoq muddat safdan chiqqan Rodri uchun munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Baleba esa bu pozitsiya uchun eng yaxshi nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

  • O‘tgan mavsum Karlos Baleba “Brayton” safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
  • Uning klub bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
  • Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar