Daryo

Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklashi mumkin

Rus armiyasi so‘nggi kunlarda Ozarbayjonning Ukrainadagi obyektlarini nishonga oldi. “Tajovuzkor siyosat” davom etsa, Boku keskin qadam tashlaydi

1 daqiqa o‘qish5 043 ko‘rishlar0 izoh0

Ozarbayjon rasmiylari Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qo‘yilgan embargoni bekor qilishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, Caliber nashri xabar berdi.

Foto: AP Photo

Bunga so‘nggi kunlarda Rossiya armiyasining Ukrainadagi Ozarbayjon obyektlarini nishonga olayotgani sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Odessa viloyatidagi SOCAR davlat kompaniyasi hujumga uchragan edi. Agar Rossiya Boku manfaatlariga qarshi “tajovuzkor siyosat”ni davom ettirsa, qurol eksportiga qo‘yilgan cheklov olib tashlanadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 10-avgust kuni telefon orqali muloqot qildi. Ular Ozarbayjonning Ukraina hududidagi obyektlariga va gaz yetkazib beruvchi kompressor stansiyasiga uyushtirilgan “maqsadli havo hujumlarini” qoraladi. Davlat rahbarlari bu holat energetika sohasidagi hamkorlikka putur yetkazmasligini ta’kidladi.

Ozarbayjon obyektlariga Rossiya hujumlari

6-avgustga o‘tar kechasi Rossiya dronlari Odessa viloyatidagi “Orlovka” gaz kompressor stansiyasiga zarba berdi. Bu stansiya orqali Ozarbayjon Ukrainaga gaz yetkazib beradi. Ukraina Energetika vazirligi hujum “faqat fuqarolik infratuzilmasiga, maqsadli ravishda energetika sohasiga va bir vaqtning o‘zida Ozarbayjon, AQSH hamda Yevropadagi hamkorlarga qarshi” qaratilganini bildirdi.

8-avgustga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli kuchlari Odessa viloyatidagi SOCAR omboriga “Shahed” dronlari bilan hujum uyushtirdi. Oqibatda yong‘in chiqib, dizel yoqilg‘isi quvuriga zarar yetdi. Rossiyalik “harbiy muxbir” Vladimir Romanov ta’kidlashicha, o‘sha tunda Odessa viloyatida yo‘q qilingan nishonlar orasida Nerubayskoye qishlog‘idagi “Svitanok Oil Trade” neft ombori ham bo‘lgan.

SOCAR iyul oyi oxirida Ukrainaning “Naftogaz“ kompaniyasiga gaz yetkazib berish bo‘yicha birinchi shartnomani imzolagani ma’lum bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar