Daryo

Hamzat Chimayev o‘zini Konor Makgregor bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi

Hamzat Chimayev navbatdagi jangini o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempion, janubiy afrikalik Drikus dyu Plessiga qarshi o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish12 796 ko‘rishlar0 izoh0

UFC’ning o‘rta vazn toifasida (-84 kg) jang qiladigan, hali biror marta mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik sportchi Hamzat Chimayev o‘zini ikki vazn toifasidagi sobiq chempion Konor Makgregor bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.

Foto: UFC
Men va u butunlay boshqa jangchilarmiz. Konor ko‘proq raqibga zarba berish orqali g‘alaba qozonadi. Uning boksi yaxshi, ayniqsa, qarshi hujumda kuchli. Ammo boshqa tomonlama u kuchsizroq. Balki men ham shunga o‘xshash tarzda chempionlik kamarini qo‘lga kiritarman. Sababi men ham “stoyka”da yomon jang qilmayman. Har narsa bo‘lishi mumkin. Kamar uchun bo‘ladigan jang qanday kechishini oldindan ayta olmayman, — dedi Chimayev ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimayev navbatdagi jangini o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempion, janubiy afrikalik Drikus dyu Plessiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur jang 17-avgust kuni AQShning Chikago shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 319 turnirining asosiy bahsi bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Chimayev oxirgi jangini 2024-yil 26-oktabr kuni Abu-Dabida o‘tgan UFC 308 turnirida Robert Uittakerga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar