Daryo

Pokistonda 28 yil oldin yo‘qolgan erkak jasadi muzlik ichidan topildi

Marhum g‘orda muz yorig‘iga tushib ketib, muzlab qolgan

1 daqiqa o‘qish5 622 ko‘rishlar0 izoh0

Pokistonning tog‘li Ko‘histon mintaqasida 28 yil oldin bedarak yo‘qolgan erkak jasadi eriyotgan muzlik orasidan topildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Earth.com

Ma’lum qilinishicha, mahalliy cho‘pon mamlakat sharqidagi Lady vodiysida jasadni tasodifan ko‘rib qolgan. Jasad shunchalik yaxshi saqlanganki, uning kiyimlari ham butun bo‘lgan. Yonidan topilgan shaxsni tasdiqlovchi guvohnomadan uning ismi Nasiruddin ekani aniqlangan. Politsiya uning 1997-yil iyunida qor bo‘roni chog‘ida muzlik yorig‘iga tushib ketib, bedarak yo‘qolganini ta’kidlamoqda.

So‘nggi yillarda ushbu hududda qor yog‘ishi kamayib, muzliklar bevosita quyosh nuri ta’sirida tezroq eriy boshlagan. Mutaxassislar bu holat iqlim o‘zgarishi muzliklar erishini tezlashtirayotganining yaqqol isboti ekanini aytmoqda.

“Ko‘rganlarimga ishonolmadim, jasad butun edi, kiyimlari ham yirtilmagan”, dedi cho‘pon Omar Xon.

Nasiruddinning akasi Katiruddinning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘sha kuni ot minib Lady vodiyga kelgan va tush payti ukasi g‘orga kirib ketgan. Oradan vaqt o‘tib, qaytib chiqmagach, u yordam so‘rab boshqalarga murojaat qilgan, ammo qidiruv ishlari natija bermagan.

Mutaxassislar fikricha, odam tanasi muzlik ichiga tushganda, keskin sovuq uni tez muzlatib qo‘yadi va chirish jarayoni sodir bo‘lmaydi. Namlik va kislorodning yo‘qligi esa jasadni uzoq vaqt davomida mumiyolangan holda saqlab qoladi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar