Daryo

“AQSHda dori narxlari 1500 foizgacha arzonlashtiriladi” — Tramp

Oq uy bu borada hech qanday aniq dalil keltira olmadi. Mutaxassislar buni matematik jihatdan imkonsiz deb topdi

1 daqiqa o‘qish3 457 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp 3-avgust kuni mamlakatdagi dori vositalari narxlarini 1 200 foizdan 1 500 foizgacha pasaytirgani haqida ma’lum qildi. Biroq mutaxassislar buni matematik jihatdan imkonsiz ekanini ta’kidlamoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: Associated Press

Ta’kidlanishicha, Tramp bu haqda jurlanistlarga o‘z intervyusida ma’lum qilgan.

“Bilasizmi, biz dori narxlarini 1200, 1300, 1400 va hatto 1500 foizgacha kamaytirdik. 50 foiz emas, men 1500 foiz haqida gapiryapman”, degan Tramp.

Mutaxasislar Trampning bu bayonoti mutlaqo yolg‘on ekanini aytmoqda. Bildirilishicha, dori narxining 100 foizdan ko‘proqqa arzonlashuvi iste’molchilarga xarid uchun pul to‘lashga tengdir, ya’ni farmatsevtika kompaniyalari bemorlarga pul to‘laydi degani. Bu esa butunlay imkonsiz holat.

AQSHdagi Janubiy Kaliforniya universiteti Sxaffer markazi sog‘liqni saqlash siyosati direktori Joffri Jois bu da’voni “butunlay uydirma” deb baholagan.

“Agar bu haqiqat bo‘lganida, farmatsevtlar o‘zlari e’lon qilardi”, dedi u.

Jon Xopkins universiteti professori Mariana Sokal esa Trampning “bu matematikasini izohlash juda qiyin” ekanini aytgan.

Oq uy vakili Kush Desai AQSH fuqarolari boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda dorilar uchun ko‘proq to‘lashini tan olgan. Lekin Tramp aytgan 1500 foizlik qisqarish bo‘yicha hech qanday aniq dalil keltirmagan.

Tramp dori kompaniyalariga “eng qulay narx” modelini joriy etish bo‘yicha xat yuborganini ta’kidlamoqda. Bu modelda dorilar AQSHda boshqa davlatlardagidek eng arzon narxlarda sotilishi kerak bo‘ladi. Ammo bu tashabbus hali amalda emas — prezident uning kelgusi 2-3 oyda yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan.

Aksariyat dori narxlari Qo‘shma Shtatlarda boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan yuqoriroq. Sababi mamlakatda narxlar hukumat tomonidan emas, balki bozor mexanizmlari orqali belgilanadi. 

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar