Daryo

Sloveniya Yevropada birinchi bo‘lib Isroilga qurol embargosini joriy etdi

Mamlakat G‘azodagi urush fonida Isroil bilan harbiy aloqalarni to‘xtatdi

1 daqiqa o‘qish6 024 ko‘rishlar0 izoh0

Sloveniya hukumati 31-iyul kuni Isroilning qurol-yarog‘ eksporti, importi va tranzitiga embargo qo‘yganini ma’lum qildi. Bu qaror bilan mamlakat G‘azo urushi fonida Isroil qurollariga cheklov o‘rnatgan Yevropadagi ilk davlat bo‘ldi. Bu haqda Daily Sabah xabar berdi.

Foto: The Jerusalem Post

Bosh vazir Robert Golob hukumat yig‘ilishidan so‘ng bu cheklov haqida e’lon qilar ekan, Yevropa Ittifoqi ichidagi kelishmovchiliklar sababli Sloveniya bu masalada mustaqil tarzda harakat qilishga qaror qilganini ta’kidlagan.

“G‘azo sektorida insonlar yordamdan ataylab mahrum qilinayotgani bois halok bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda har bir mas’ul davlat chora ko‘rishi kerak —  boshqalardan oldin bo‘lsa ham,” deyiladi bayonotda.

Ma’lum bo‘lishicha, Sloveniyaning o‘zi ham 2023-yil oktyabr oyidan buyon, ya’ni G‘azoda urush boshlanganidan beri Isroilga harbiy texnikalar yetkazib berishni to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun, Sloveniya 2024-yilning iyun oyida Falastin davlatini rasman tan olgan. Shuningdek, mamlakat iyul oyida 2 nafar isroillik vazirni “persona non grata” (nomaqbul shaxs) deb e’lon qilib, ularning Sloveniyaga kirishini taqiqlagan. Vazirlar genotsidga undovchi bayonotlar berganlikda ayblangan. Sloveniya va Isroil o‘rtasida ilk bora 1992-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar