Daryo

Konor Makgregor oktagonga qaytishi mumkin

Sportchi doping testi topshirganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish6 631 ko‘rishlar0 izoh0

UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni — yarim yengil (66 kg) va yengil (70 kg) vazn toifalarida g‘olib bo‘lgan irlandiyalik Konor Makgregor professional sportga qaytish arafasida turibdi. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.

Foto:MSN

Aralash jang san’ati (MMA) olamining eng mashhur sportchilaridan biri sanalgan Makgregor dopingga qarshi test topshirganini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha yozdi:

Qon analizini topshirdim. Shu sabab yelkamda plastir bor. Bundan juda xursandman. Hozir eng yaxshi sport formasidaman.
Foto: Championat
Foto: Championat

Mazkur izoh antidoping agentligi vakillari ishtirokidagi surat ostida e’lon qilingan. Bu holatdan kelib chiqib, Konor Makgregorning to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng oktagonga qaytish ehtimoli sezilarli darajada oshgani aytilmoqda.

Hozirda Makgregorga 37 yosh to‘lgan. U so‘nggi jangini 2021-yil iyul oyida, UFC 264 turnirida o‘tkazgan edi. O‘sha jangda Makgregor amerikalik Dastin Poryega qarshi bahs olib borib, birinchi raunddayoq oyog‘idan og‘ir jarohat olib, texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi. O‘sha vaqtda Porye yengil vazndagi vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqqan.

Makgregorning professional faoliyati 28 ta jang o‘tkazib, shularning 22 martasida g‘alaba bo‘lsa, 6 bahsda mag‘lubiyatga uchragan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar