Daryo

Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga o‘ralgan kobrani tishlab oldi

Voqea bolakay uyda o‘ynab o‘tirganida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish11 894 ko‘rishlar0 izoh0

Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga chirmashgan kobrani tishlab oldi. Bu haqda Independent xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Ma’lum bo‘lishicha, voqea bola uyda o‘yin o‘ynab o‘tirganida sodir bo‘lgan. Ilon to‘satdan paydo bo‘lib, go‘dakning qo‘liga chirmashib olganida oila a’zolari yordamga shoshilgan. Ammo bolaning o‘zi kobrani tishlab olgan. Natijada ilon halok bo‘lgan. Biroq bola ham kobra chaqqanidan keyin ko‘p o‘tmay hushidan ketgan. U zudlik bilan birlamchi tibbiy yordam markaziga, so‘ngra Bettiadagi Davlat tibbiyot kolleji kasalxonasiga yetkazilgan.

Ta’kidlanishicha, shifokorlar kobra zahri kuchsiz ta’sir ko‘rsatganini va o‘z vaqtida davolanish og‘ir oqibatlarning oldini olishga yordam berganini aytgan.

“O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam bolaning hayotini saqlab qoldi. Hozirda uning ahvoli barqaror, davolanish shifokorlar nazorati ostida olib borilmoqda. Tibbiyot brigadasi bolaga tibbiy yordam ko‘rsatib, doimiy ravishda dori-darmonlar bilan ta’minlamoqda va u kuzatuv ostida”, dedi shifokor Saurab Kumar.

Hindistonda 300 ga yaqin ilon turi mavjud bo‘lib, ularning 60 tasi juda zaharli hisoblanadi, masalan, Rassel ilonlari, kraytlar va tangachali efalar. Bu ilonlar chaqishi aksariyat holatlarda o‘limga sabab bo‘ladi. Hindiston kobrasi Hindistonda eng ko‘p ilon xavfli turlarning “katta to‘rtligi” ro‘yxati kiradi.

2020-yilda eLife jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, 2000-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan 20 yil ichida mamlakatda ilon chaqishidan milliondan ortiq o‘lim qayd etilgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar