Daryo

“An-Nassr” bosh murabbiyi: “Men 70 yoshdaman, lekin o‘zimni Ronaldu kabi his qilaman”

Saudiya klubi ustozi portugaliyalik hujumchi haqida iliq so‘zlarni gapirdi

1 daqiqa o‘qish4 420 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan Xorxe Jezush jamoaning asosiy yulduzi — 40 yoshli Krishtianu Ronalduga oid fikrlarini bildirdi.

Foto: BeinSport

Portugaliyalik mutaxassis 70 yoshda bo‘lishiga qaramay, o‘zining jismoniy holati Ronaldunikiga yaqinligini ta’kidlab o‘tdi:

Ronaldu — noyob futbolchi. U 40 yoshda ham yuqori darajada o‘ynashda davom etmoqda. Men ham 70 yoshda bo‘lishimga qaramay, na jismonan, na ruhan bu yoshni his qilmayman. Futboldan tashqari hayotga bo‘lgan qarashlarimiz ham juda o‘xshash. Ronaldu — dunyo miqyosidagi shaxs. Ba’zan Portugaliyada ham biz uni to‘g‘ri baholay olmaymiz. U futbol doirasidan tashqariga chiqqan shaxs, — dedi Jezush RTP telekanali bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Pro Ligasining yangi mavsumi 21-avgust kuni boshlanadi. Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” safida 2023-yil yanvaridan beri to‘p surmoqda. Shu vaqt davomida u Riyod klubi tarkibida 105 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 93 ta gol va 19 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar