Daryo

Ispaniyada Ukraina ichki ishlar vazirligi sobiq xodimi uyidan o‘lik holda topildi

Erkak Vilyaxoyosdagi Cala Alta turar joy majmuasi basseynida cho‘kib ketgan

1 daqiqa o‘qish4 078 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyaning Vilyaxoyosa shahridagi Cala Alta turar joy majmuasida Ukraina Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti sobiq xodimi, 61 yoshli Igor Grushevskiyning jasadi topildi. Bu haqda El Espanol nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

Foto: El Espanol

Grushevskiyning jasadi 29-iyun kuni kechqurun u bir necha oy oldin kvartira sotib olgan turar joy majmuasi hovuzidan topilgan. Qo‘shnilar Grushevskiyni hovuzda hushsiz holda ko‘rishgan. Uni suvdan chiqarib olishgan, ammo na guvohlar, na yetib kelgan shifokorlar uni hayotga qaytara olisholmagan. Grushevskiyning tanasida zo‘ravonlik alomatlari topilmagan, faqat bir qulog‘idan qon oqayotgan bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, qo‘shnilar Grushevskiyning ilgari Ukraina Ichki ishlar vazirligida ishlaganini bilishmagan. Uning sobiq politsiya xodimi ekani jurnalistlar u haqidagi ma’lumotlarni Ukraina reyestrlaridan topganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Unda aytilishicha, xususan, Grushevskiy 1993-yilda Ukraina IIVning Cherkassk va Kirovograd viloyatlari uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rahbari va vakolatli vakili bo‘lgan. Mazkur bo‘linma 2015-yilda politsiya islohoti doirasida tarqatib yuborilgan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Ukrainaning Barselonadagi bosh konsulligi xabariga ko‘ra, “Grushevskiyning o‘limi cho‘kish oqibatida yuz bergan”.

Qayd etilishicha, Vilyaxoyosa hududida ko‘plab ruslar va ukrainlar istiqomat qiladi. Aynan shu turar joy majmuasida 2024-yil fevral oyida Ukrainaga vertolyotni olib qochgan rossiyalik uchuvchi Maksim Kuzminov otib o‘ldirilgan edi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar