Daryo

Instagram: Turmushga chiqayotgan Maryam Tillayeva, nabirali bo‘lgan Ra’no Zokirova, Yulduz Turdiyeva oilasida judolik

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar

1 daqiqa o‘qish10 848 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Ozarbayjonlik xonanda Roza Zergeli yangi suratini obunachilari bilan bo‘lishib, barchaga barakali hafta tilamoqda.

Foto: Instagram

Aktyor Javohir Zokirov marhum otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirovning tavallud kunini xotirlab, agar hayot bo‘lganida, 77 yoshni qarshilagan bo‘lishini yozib qoldirdi. Ma’lumot uchun, aktyor 2012-yilning 7-aprelida vafot etgan.

Foto: Instagram

Vaynerlar Dilbar va Umid Zokirovlar 20-iyul kuni ikkinchi marta ota-onalik baxtiga erishdi. Aktrisa Ra’no Zokirova esa yana buvijon bo‘ldi.

Boshlovchi, aktrisa Dilnoza Habibullayeva homiladorligi qanday kechayotgani haqida post qoldirdi. Uning yozishicha, aktrisa bu davr mobaynida umuman qiynalmagan va turmush o‘rtog‘ining ko‘magi unga kuch berib kelmoqda.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qolgani va shundan so‘ng suratga olish maydonchasiga ketgani, birozdan keyin eri Arseniy katta guldasta bilan undan kechirim so‘rash uchun kelgani haqida gapirib berdi.

Yulduz Turdiyevaning amakivachchasi og‘ir kasallik tufayli vafot etdi. Xonanda bu xabarni xalq xizmatida eshitganini yozdi. U obunachilaridan opasining haqiga duo qilishlarini so‘radi.

Foto: Instagram
Foto: Instagram

“Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayev megayulduz Jennifer Lopes bilan uchrashib qoldi va u bilan tushgan suratini postga joyladi.

Foto: Instagram

Instabloger Maryam Tillayevaning sevgilisi uning qo‘lini so‘radi. Maryam roziligi aks etgan foto va videolarni obunachilari bilan bo‘lishib, bo‘lajak kuyov undan 3 yosh kichik ekanini aytdi. Sening yoningda men katta ayol emasman, kichik qizaloqqa aylanaman, degan u.

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar