Daryo

Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

AQSHning Luiziana shtati, Nyu-Orlean shahrida MMA bo‘yicha UFC 318 turniri bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish9 168 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Luiziana shtati, Nyu-Orlean shahrida joylashgan Smoothie King Center majmuasida MMA bo‘yicha UFC 318 turniri bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Musobaqaning markaziy jangi yengil vazn toifasida BMF kamari sohibi, Gavayi orollari vakili Hollouey hamda ushbu vazn toifasida vaqtinchalik kamarning sobiq egasi Dastin Porye o‘rtasida kechdi.

5 raund etib belgilangan titul jangi to‘liq davom etdi. Hakamlarning yakdil qarori bilan Hollouey g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, Maks raqibini birinchi raqibini nokdaun holatiga tushirishga ulgurdi.

Bu Dastin uchun faoliyatidagi nafaqat so‘nggi jang, balki trilogiyaning finali bo‘ldi. MMA jangchisi rasmiy ravishda faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Oldingi ikki jangda g‘alaba Dastinga nasib etgan: 2012-yilda Holloueyni nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan, 2019-yilda esa hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan. So‘nggi jangda Maks esa revansh olishni uddaladi. Bundan tashqari, jangda BMF chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar