Daryo

Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yasmin Zoitova, yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, qaynonasiga iPhone sovg‘a qilgan Afruza

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar

1 daqiqa o‘qish10 392 ko‘rishlar0 izoh2

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turk yulduzi Burak O‘zchivit yangi suratini stories’da obunachilari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola Ahmedova o‘g‘li bilan dam olish uchun chet elga otlandi. U kuzatuvchilaridan oq yo‘l tilashlarini so‘radi.

Foto: Instagram

Xonanda Afruza qaynonasining tug‘ilgan kuniga so‘nggi rusumdagi iPhone sovg‘a qildi. Turmush o‘rtog‘i Behruz Ahmedov va qaynotasi Botir Muhammadjonov ham xonadon bekasini gullar bilan xursand qildi.

Xonanda Alisher Fayz Londondagi sayohati davomida o‘tgan kunlarni ham eslab turish kerakligi haqida fikr yurityapti.

Foto: Instagram

Xonanda Shahzoda o‘g‘li Xalidning kompyuter qarshisida o‘tirgan suratini tez-tez joylaydi. Bundan Xalidning kompyuter o‘yinlariga qiziqishini bilish qiyin emas.

Foto: Instagram

Aktrisa Ra’no Shodiyeva Deepal rusumli yangi avtomobil xarid qildi. U bu xursandchiligini obunachilari va muxlislariga ham e’lon qildi. Aktrisa avvalroq bergan intervyusida mashinasini o‘zgartirish orzusi borligini, lekin bu o‘z vaqt-soati bilan bo‘lishini aytdi.

Teleboshlovchi Samandar Hamroqulov hamkasblari Husnora Shodiyeva, Ra’no Alimova davrasidagi arxiv suratni obunachilari bilan ulashdi.

Foto: Instagram

Kichik instabloger Yasmin Zoitova 4 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan ota-onasi qizaloq uchun ertaknamo tug‘ilgan kun tashkillashtirdi. Kechaga mashhur bloger bolalar va ularning ota-onasi, shuningdek, Shahzoda Muhammedova qiziq Milana va o‘g‘li bilan tashrif buyurdi. Yasmin tug‘ilgan kunida Disney malikalari obrazidagi liboslar kiydi.

Aziz Rametovning rafiqasi oilaviy tushgan suratini stories’ga joylab, yaxshi turmush o‘rtog‘i borligiga shukr qilmoqda.

Foto: Instagram

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar