Daryo

“Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymaydi ham” — Erdog‘on

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilni “prinsipsiz, erka va terrorchi davlat”, deb atadi

1 daqiqa o‘qish7 796 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17-iyul kuni mamlakat Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagani va endi ham yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Anqarada prezident ishtirokida Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Erdog‘on mintaqadagi, xususan, Suriyadagi vaziyatga to‘xtalib o‘tgan.

“Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymadi ham. Isroilning arqonidan ushlab quduqqa tushganlar ertami-kechmi qanday jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini tushunadi”, degan Turkiya rahbari.

Prezidentning ta’kidlashicha, Isroil “qoidalarga bo‘ysunmaydigan, prinsipsiz, erka va umidsiz terrorchi davlat”. U druzlarni bahona qilib, so‘nggi ikki kun ichida harbiy qo‘shinlarni Suriyaga ko‘chirgan. Davlat rahbari hozirda mintaqadagi eng katta xavf Isroilning tajovuzkorligi ekanini aytgan.

“Mamlakatimiz hududidagi kurdlar ham, Suriyadagi kurdlar ham bizning birodarlarimizdir. Biz ularning sionistlar qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar