Daryo

Rossiya Ukrainaga halok bo‘lgan ming nafar askarning jasadlarini topshirdi

Kiyev esa 19 nafar halok bo‘lgan askarning jasadlarini Moskvaga qaytardi

1 daqiqa o‘qish4 916 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya iyun oyidagi kelishuv doirasida 17-iyul kuni Ukrainaga 1000 nafar askarning jasadini topshirdi. Bu haqda prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy xabar berdi.

Foto: Al Arabiya

Medinskiy Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ushbu ma’lumotni e’lon qilgan.

“Istanbulda erishilgan kelishuvlarga asoslanib bugun Kiyevga yana 1000 nafar ukrainalik askarning jasadi topshirildi. Rossiyaga esa 19 nafar halok bo‘lgan askar qaytarilgan”, deb yozgan u.

Asirga olingan askarlarni almashish va jasadlarni vataniga qaytarish ikki mamlakat o‘rtasidagi urush davomida muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Lekin bu har doim ham muvafaqqiyat bilan yakunlanmayapti.

Foto: @vr_medinskiy

AQSH prezidenti Donald Trampning bosimiga qaramay, Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi talablarni rad etgan. Iyun oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya o‘zining kelishuv takliflarini taqdim etgandi. Unga ko‘ra, Ukraina ko‘proq hududlarini ruslarga berib, G‘arbning har qanday harbiy yordamini rad etishi lozim edi. Kiyev bu takliflarni “nomaqbul ultimatumlar” deb atab, ularni qabul qilmagan.

Foto: @vr_medinskiy

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar