Daryo

OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Uchrashuvlar markazlashgan tarzda Qatar va Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish19 528 ko‘rishlar0 izoh0

Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi qarorgohida 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida Jahon chempionati 4-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Yahoo

Unda 3-saralash bosqichidagi guruhlarda 3 va 4-o‘rinni egallagan 6 jamoa ikki guruhga bo‘linib, mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Qur’a natijalariga ko‘ra, A guruhidan Qatar, Birlashgan Arab Amirligi va Ummon terma jamoalari joy oldi. B guruhi juftliklari esa Saudiya Arabistoni, Iroq hamda Indoneziya jamoalaridan tashkil topdi.

Foto: Instagram / OFK

A guruhi

  • Qatar
  • BAA
  • Ummon

B guruhi

  • Saudiya Arabistoni
  • Iroq
  • Indoneziya

Eslatib o‘tamiz, guruh bahslari 2025-yil 8–14-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘z guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar esa 2025-yil 13 va 18-noyabr kunlari ikki o‘yindan iborat pley-off final bosqichida o‘zaro bellashadi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi qit’alararo pley-off turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Uchrashuvlar markazlashgan tarzda Qatar va Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Malayziyada o‘tgan qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze jamoalarning guruhdagi joylashuvini aniqlashda yordam berdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar